Asosiy qismga oʻtish

Bongo Matn

Lotin ↔ Kirill: faylni oʻgirish

Faylni tashlang, yoʻnalishni tanlang va «Ur!» tugmasini bosing.

Yoʻnalish

Faylingiz serverga yuklanmaydi, hammasi brauzeringizda bajariladi

Qanday ishlatiladi

  1. Bir yoki bir nechta faylni (TXT, SRT, VTT, CSV, MD) maydonga tashlang.
  2. Yoʻnalishni tanlang yoki «Avto» qoldiring: alifbo oʻzi aniqlanadi.
  3. «Ur!» tugmasini bosing va oʻgirilgan faylni yuklab oling.

Batafsil

Oʻzbek tilida matnlar hali ham ikki alifboda yuradi: eski hujjatlar, kitoblar va koʻplab subtitrlar kirillda, yangi rasmiy hujjatlar va saytlar esa lotinda. Qisqa matnni «Lotin ↔ Kirill» vositasiga joylab oʻgirish oson, lekin butun kitob, yuzlab qatorli subtitr yoki jadvalni nusxa olib-joylash noqulay va xatoga olib keladi. Bongo fayl bilan ishlaydigan vositasi faylni butunlay oʻgiradi va xuddi shu formatda qaytaradi.

Qoʻllab-quvvatlanadigan formatlar: TXT (oddiy matn), SRT va VTT (film va video subtitrlari), CSV (jadval, masalan mahsulotlar roʻyxati) va MD (Markdown hujjatlar). Subtitrlarda raqamlar va vaqt kodlari oʻzgarmaydi, faqat dialog matni oʻgiriladi, shuning uchun tayyor faylni toʻgʻridan-toʻgʻri pleyerga yoki YouTube ga yuklashingiz mumkin. CSV fayllarda vergul va ustunlar tuzilmasi saqlanadi.

Oʻgirish qoidalari «Lotin ↔ Kirill» vositasi bilan bir xil: jadval, kontekst qoidalari va istisnolar lugʻati asosida ishlaydi. Masalan, «ts» odatda «тс» boʻladi, lugʻatdagi soʻzlarda esa «ц» (sirk → цирк); kirilldagi «ё», «ю», «я» harflari va soʻz boshidagi yoki unlidan keyingi «е» (lotinda «ye») kabi qoidalar ham hisobga olingan, katta-kichik harflar esa manbadagidek saqlanadi. Havola va email manzillari oʻgirilmaydi. Yoʻnalish «Avto» holatida har bir fayl uchun alohida aniqlanadi.

Eski kompyuterlarda yaratilgan kirill fayllar koʻpincha Windows-1251 kodirovkasida boʻladi va zamonaviy dasturlarda tushunarsiz belgilar bilan ochiladi. Vosita buni oʻzi aniqlaydi: fayl UTF-8 sifatida oʻqilmasa, Windows-1251 da ochiladi va natijada bu haqda belgi koʻrsatiladi. Natija doim UTF-8 kodirovkasida, BOM belgisi bilan saqlanadi — Windows Bloknot, Excel va koʻpchilik video pleyerlar uni toʻgʻri ochadi.

Bir vaqtning oʻzida 20 tagacha faylni tashlash mumkin, har biri 5 MB gacha. Hammasi alohida oʻgiriladi va natija bitta ZIP arxivida yuklab olinadi; fayl nomiga «-kirill» yoki «-lotin» qoʻshimchasi qoʻshiladi. Bitta fayl ochilmasa, qolganlari baribir oʻgiriladi va muammoli fayl oʻz qatorida koʻrsatiladi. Oʻgirishdan oldin matndagi oʻ, gʻ belgilarini bir xil koʻrinishga keltirish uchun «Matnni tozalash» vositasidan foydalaning.

Barcha ish brauzeringizning ichida bajariladi: fayllar serverga yuborilmaydi, shuning uchun shaxsiy hujjatlar bilan ham xavotirsiz ishlashingiz mumkin.

Koʻp beriladigan savollar

Subtitrdagi vaqt kodlari buzilmaydimi?

Yoʻq. Raqamlar, vaqt kodlari (00:01:02,500 --> …) va tinish belgilari oʻzgarishsiz qoladi, faqat harflar oʻgiriladi.

Kirill harflari «krakozyabra» boʻlib chiqsa-chi?

Vosita eski Windows-1251 kodirovkasidagi fayllarni oʻzi aniqlaydi va toʻgʻri ochadi. Natija zamonaviy UTF-8 kodirovkasida saqlanadi.

Faylim serverga yuklanadimi?

Yoʻq. Oʻgirish brauzeringizning ichida bajariladi, fayl qurilmangizdan chiqmaydi.

Boshqa vositalar